Rasman! “Manchester City” Xolandning transferini hal qildi
Sport
−
10 may 2022
5706Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland rasman “Manchester Siti” futbolchisiga aylanadi. 21 yoshli futbolchi kelasi mavsumda Angliya premer-ligasida (APL) o‘ynaydi. Bu haqda klub rasmiy saytida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, Angliya klubi Dortmundning “Borussiya” klubidan futbolchi sotib olish borasida prinsipial kelishuvga erishgan. Norvegiyalik futbolchi 2022 yilning 1 iyulida “Manchester Siti”ga o‘tadi va keyingi mavsumdan boshlab jamoada o‘ynaydi.
Shartnoma 2027 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Xoland “Borussiya” bilan 2020 yil boshida shartnoma imzolagan edi. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Erlingni "Zalsburg"dan sotib olish nemis jamoasiga 20 million yevroga tushgan. Qayd etish joizki, 2022 yilning yozida norvegiyalik futbolchini sotib olish qiymati 75 million yevroni tashkil etadi. Agar Xolandning transferi mana shu yilda amalga oshmaydigan bo‘lsa, keyingi yil “Borussiya Dortmund” 150 million yevro atrofida pul ishlash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda norvegiyalik hujumchi Germaniya Bundesligasida 20 ta o‘yinda qatnashib, 18 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, norvegiyalik hujumchi Chempionlar ligasining uchta o‘yinida uchta gol urdi. “Transfermarkt” portali norvegiyalik iqtidor egasini 150 million yevroga baholamoqda.
LiveBarchasi