Rasman: Maktab, litsey va OTMda ta’lim onlaynga o‘tkazildi

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoni onlayn shaklga o‘tkazildi. Bu haqda Xalq ta’limi va Oliy va maxsus ta’lim vazirliklari xabar bermoqda. 

"Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining taklifiga asosan koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalishi yuqoriligini e’tiborga olgan holda barcha  oliy (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylarda (barcha ta’lim shakllari va turlari bo‘yicha)  joriy yilning 24 yanvaridan boshlab, bir oy muddat davomida ta’lim olish tizimi masofaviy (onlayn) shaklda olib boriladi.

Bunda tajribadan kelib chiqqan holda onlayn ta’lim jarayoni sifatli tarzda tashkil etilib, barcha zarur resurslar safarbar etiladi. 

Temiryo‘l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022 yil 24 fevralga qadar  avia va temiryo‘l chiptalari  bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi", deyiladi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabarida.

Shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi ham 24 yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida “onlayn” faoliyat olib borishini ma’lum qildi 

Qayd etilishicha, masofaviy shaklda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun Milliy teleradiokompaniyaning telekanallari hamda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali darslar berib boriladi. "Onlayn maktab" loyihasi doirasida beriladigan darslar jadvali kunlik ravishda "Onlayn maktab" telegram kanali orqali e’lon qilib boriladi.

Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan farzandlarini uydagi xavfsizligi va sog‘ligini ta’minlagan holda "Onlayn maktab" loyihasi doirasida efirga uzatiladigan darslarni kuzatib borishlarida amaliy yordam berishlarini so‘ramoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

2616

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing