Rasman! Maksim Shatskix “Paxtakor”ga qaytdi

Sport

image

"Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi Maksim Shatskix uzoq yillardan so‘ng klubga qaytdi.  Shatskix “Paxtakor”da sport direktori lavozimida ish boshlaydi. Bu haqda Toshkent klubi Matbuot xizmati xabar berdi.

1999 yilda Maksim Valeriy Vasilevich Lobanovskiy boshchiligidagi “Dinamo Kiyev”ga o‘tgan va Shatskix Kiyev klubi safida o‘n yil faoliyat olib borgan. U ikki marta Ukraina chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Shatskix 1999-2000 yilgi mavsumda 20 ta gol va 2002-2003 yilgi mavsumda 22  ta gol kiritgan. Shunday qilib 1997-1998 yilgi mavsumda 22 gol urgan Sergey Rebrovning rekordini takrorlagan.

Maksim 1999 yil 28 iyulda “Dinamo FK” tarkibida UEFA Chempionlar ligasi doirasida Vilnyusning “Zalgiris” klubiga qarshi o‘yinda debyut golini kiritgan. Shu tariqa, u UEFA Chempionlar ligasida gol urgan birinchi osiyolik futbolchi va UEFA turnirlarida gol urgan Mirjalol Qosimovdan keyin ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchiga aylangan. Chempionlar ligasidagi 9 mavsumda Shatskix 11 ta gol urishning uddasidan chiqqan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

30

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing