Rasman: Kristian Eriksen — MU futbolchisi!
Sport
−
16 iyul 2022 4185 1 daqiqa
Daniyalik futbolchi Kristian Eriksen erkin agent sifatida Angliyaning “Manchester United” klubiga qo‘shildi. Yarim himoyachining shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar amal qiladi.
APLning o‘tgan mavsumida Kristian Eriksen, Hakim Ziyesh va Emil Smit-Roular 30 tadan keskinlashtiruvchi uzatmani amalga oshirishgan. Bu futbolchilar orasidagi farq shundaki, daniyalik futbolchi “Brentford” safida yarim mavsumgina o‘ynadi.
Ushbu omil “Manchester United”ning Eriksen transferida katta rol o‘ynagan bo‘lishi kerak. Kristian "Brentford" safida o‘tgan mavsumda 11 o‘yinda maydonga tushib, 4 bora golli uzatma va 1 gol muallifiga aylandi.
Ibrohim Davronov
Live
Barchasi