Rasman! Isko Ispaniya klubi bilan shartnoma imzoladi
Sport
−
07 avgust 2022 8155 1 daqiqa
"Real Madrid" sobiq yarim himoyachisi Isko rasman faoliyatini "Sevilya" jamoasida davom ettiradi.
Andalusiyaliklar rasmiy sayti ispaniyalik futbolchini erkin agent maqomida o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Isko 9 yillik faoliyatidan so‘ng "qirollik klubi"ni tark etgandi. U madridliklar tarkibida 352 ta o‘yinda maydonga tushib, 53 ta gol urgan va o‘z nomiga 56 assist yozdirib qo‘ygan.
Ma’lumot uchun, "Real"ning boshqa bir sobiq futbolchisi uelslik Garet Beyl AQSHning "Los-Andjeles Gelaksi" klubiga o‘tgan edi.
Ibrohim Davronov
Live
Barchasi