Rasman: Eldor Shomurodov “Roma”ga o‘tdi

Sport

image

Italiyalik jurnalist-insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Rimning “Roma” klubi Eldor Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib oldi. Transfer tafsulotlari tez orada rasman e’lon qilinadi.

Rimliklar O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisini 16 million yevro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga oldilar. Shomurodov endi 2026 yilgacha “Roma” manfaatlarini himoya qiladi. “Jenoa” futbolchining keyingi sotuvi va shaxsiy ko‘rsatkichlari sababli ham ma’lum miqdorda pul ishlab oladi.

Eldor Shomurodov "Jenoa"ga “Rostov”dan 2020 yilning oktyabrida 7,5 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan va avvalgi mavsumda 8 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani qayd etgan edi.

“Roma” o‘tgan mavsumda Italiya A seriyasida 62 osko to‘plab, 7-o‘rinni egallagan va Paulu Fonsekani iste’foga chiqarilib, Joze Mourinoni bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Jamoa UEFA konferensiyalar ligasida ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1251

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing