Rasman! Dibala Shomurodovning jamoadoshiga aylandi

Sport

image

Argentinalik futbolchi Paulo Dibala Rimning “Roma” futbol klubi a’zosiga aylandi. Bu haqda Rim klubi o‘zining rasmiy sahifalarida ma’lum qildi.

Argentinalik hujumchi “bo‘rilar” bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Dibala “Roma” tarkibida 21-raqamda o‘ynaydi. Futbolchining transferida asosiy omil “Roma” bosh murabbiyi, portugaliyalik Joze Mourino bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” klubi safida o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov ham to‘p tepadi. 

Ma’lumot uchun, 2015 yildan buyon Dibala “Yuventus” safida 293 ta o‘yinda maydonga tushib, 115 ta gol urgan va 48 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ibrohim Davronov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing