Rasman! Darvin Nunes “Liverpool” futbolchisiga aylandi

Sport 2028
image

Portugaliyaning “Benfika” klubi “Liverpool” bilan hujumchi Darvin Nunesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi. Bu haqda “Benfika” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etish joizki, Urugvay terma jamoasining 22 yoshli futbolchisini sotib olish mersisaydliklar uchun 75 million yevroga tushadi. Yana 25 million yevroni “Benfika” bonuslar ko‘rinishida olishi mumkin. Nunes “Liverpool” bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan.

Avvalroq, “qizillar” Darvinni sotib olish uchun o‘z tarixidagi rekord pulni taklif qilgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 23
Reyting: 3.3
t
×