Rasman! Charlz III Buyuk Britaniya qiroli deb e’lon qilindi

Olam

image
0:00
0:00
download

Charlz Filip Artur Jorj rasman Buyuk Britaniya va Shimoliya Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli deb e’lon qilindi. Bu haqda “Times” xabar berdi.

Vorislik kengashi Charlz III ni Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.

Deklaratsiyani taxt vorisi shahzoda Uilyam, qirolicha-konsort Kamilla, Jamoalar palatasi rahbari va Kengash lord-raisi Penni Mordaunt, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass va Kenterberi arxiyepiskopi darhol imzoladilar.

Marhum qirolicha uchun motam belgisi sifatida – marosim ustasidan tashqari barcha ishtirokchilar qora yoki binafsha rangda kiyingan.

Tomoshabinlarning birinchi qatorida Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vazirlari – Jon Meyjor, Gordon Braun, Boris Jonson, Devid Kemeron, Tereza Mey va Toni Bleyr joy oldi. Ular bilan birga Britaniya muxolifati yetakchisi, Leyboristlar partiyasi rahbari Kir Starmer turibdi.

Vorislik kengashi – bu Maxfiy kengashning kengaytirilgan tarkibi. Monarx huzuridagi maslahat organi. Kengash a’zolari qatoriga nafaqat Buyuk Britaniyaning amaldagi Bosh vaziri Liz Trass, balki qirollikning barcha sobiq Bosh vazirlar, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi rahbarlari hamdir. Lordlar palatasi, Jamoalar palatasining yuqori martabali vakillari va ruhoniylar, qirol oilasi a’zolari, Londonning lord-meri, shuningdek, davlat rahbari hali ham rasmiy ravishda Britaniya monarxi hisoblanadigan Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya, Yamayka va o‘nlab boshqa mamlakatlardan vakillik qiluvchi oliy komissarlar (elchilar) kiradi. Kengash a’zoligi bir umrlik bo‘liyu, unga 700 dan ortiq odam kiradi. Saroyning marosim zali 150 kishini sig‘dirishi inobatga olinib, tadbirda faqatgina faol va saylangan kengash a’zolari qatnashgan. Ularning orasida Buyu Britaniyaning beshta sobiq Bosh vaziri ham bor.

Eslatib o‘tamiz, 70 yildan ortiq hukmronlik qilgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentyabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

151

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing