Rasman: “Bavariya” Nussair Mazrauini tarkibiga qo‘shib oldi

Sport

image

Germaniyaning “Bavariya” klubi 24 yoshli o‘ng qanot himoyachisi Nussair Mazraui bilan 2026 yilning yoziga qadar shartnoma imzoladi. Mazraui “Ayaks” bilan amaldagi shartnomasi tugagani sababli jamoani tekinga tark etdi. Bu haqda “Bavariya” jamoasi rasmiy saytida xabar berildi.

Mazraui Myunxen klubiga o‘tishni izohlar ekan, “Bavariya” bilan barcha sovrinlarni yutish niyati borligini ma’lum qilgan.

“Bavariya” bilan muzokaralar boshlanganida, menda darhol yaxshi kayfiyat paydo bo‘ldi. Yevropaning eng yaxshi klublaridan biriga qo‘shilganimdan xursandman. “Bavariya” yaqinda ketma-ket 10-marta Germaniya chempioniga aylandi va kelasi yili Chempionlar ligasi uchun kurash olib boradi. Men bu klubni tanladim, chunki “Bavariya” bilan eng katta sovrinlarni yuta olaman”, degan Mazraui.

Ma’lumot o‘rnida, marokashlik futbolchi joriy mavsumda “Ayaks” safida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

4

Reyting

3.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing