Rasman: Bahrom Abduhalimov “Adolat” SDPdan prezidentlikka nomzod bo‘ldi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2021
3867Bugun, 8 sentyabr kuni “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining Siyosiy Kengashi X Qurultoyi boshlandi. Unda “O‘zbekiston “Adolat” SDPdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risida”gi masalasi ko‘rildi.
Delegatlar e’tiboriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashining raisi Bahrom Abdurahimovich Abduhalimovning nomzodi havola etildi.
Muhokamalardan so‘ng, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga Bahrom Abdurahimovich Abduhalimovning nomzodi bir ovozdan ma’qullandi.
LiveBarchasi