Rasman! Antonio Ryudiger “Real Madrid” futbolchisiga aylandi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubining germaniyalik himoyachisi Antonio Ryudiger rasman “Real Madrid” futbolchisiga aylandi. Bu haqda ispan klubi saytida xabar berildi.

Germaniyalik futbolchi “qaymoqranglilar” bilan to‘rt mavsumga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Joriy yilning 20 iyun kuni Ryudigerning “Real Madrid”dagi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tadi.

Ryudiger yozgi transfer oynasida Madrid klubi tomonidan qo‘shib olingan ilk futbolchiga aylandi. Himoyachining klub bilan shartnomasida tovon puli 400 million yevro qilib belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Antonio “Chelsi” safida Premer ligada 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 may kuni “Real Madrid” o‘z tarixida 14 marta Chempionlar ligasida g‘alaba qozongandi. Final uchrashuvida “qaymoqranglilar” “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Yagona golni 59-daqiqada Vinisius Junior kiritdi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

14

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing