Rasman! Abituriyentlarga ruxsatnoma berish boshlandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 4 avgust kuni 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi. 

Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.dtm.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Shuningdek, ruxsatnomani Davlat test markazining quyidagi maxsus Telegram botlari orqali ham yuklab olish imkoniyati mavjud:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

DTM test sinovlari 8 avgustdan boshlanishini inobatga olgan holda abituriyentlardan ruxsatnomalarni 7 avgustga qadar yuklab olishini so‘ragan.

Ma’lumot o‘rnida, abituriyentlar test sinovlariga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi lozim.

Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

123

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing