Rasman: 33 yoshli Nagelsmann “Bavariya”ga bosh murabbiy bo‘ladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

“Leypsig” jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann faoliyatini Germaniya gigantlaridan biri bo‘lgan “Bavariya” klubida davom ettiradi. Bu haqda klub Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 33 yoshli mutaxassis Myunxen klubini 2021 yilning 1 iyulidan boshlab boshqaradi. Ikkala klub ham kelishuvni tasdiqladi. Qayd etilishicha, Nagelsmann “Bavariya” bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Shuningdek, “Bavariya” amaldagi murabbiy Xans-Diter Flikning shartnomani bekor qilish haqidagi iltimosini bajarganini e’lon qildi. Flik bilan 2023 yil 30 iyungacha imzolangan shartnoma endi 2021 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Avvalroq Nagelsmann yangi klubida yiliga 8 million yevro ishlab olishi ma’lum bo‘lgan edi. “Bavariya” murabbiyning ketishi uchun “Leypsig”ga turli bonuslarni hisobga olgan holda 25 million yevroni tovon puli to‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing