Rasman: 1 fevraldan “proyezdnoy”lar chiqarilmaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 fevralidan boshlab, barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati ma’lutsm qilmoqda. 

Shuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi (aktivlashtiriladi).

Qayd etilishicha, elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi. 

Eslatib o‘tamiz, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.

Qo‘llanma: Barcha turdagi transport kartalari 3 yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi. Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

oylik yo'l chiptalari

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar