Rasman: 1 avgustdan jarimalar oshadi
Jamiyat
−
15 iyul 2019
11434So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda 2019 yil 1 avgustdan ma’muriy jarimalar miqdori oshishi haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.
Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq jarima huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qo‘yilgan eng kam ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Prezident Farmoniga muvofiq 2019 yil 1 avgustdan eng kam ish haqining 10 foizga oshishi belgilandi. Shunga ko‘ra, turli ma’muriy jarimalarning miqdorlari ham 2019 yil 1 avgustdan 10 foizga oshadi.
Bunda, jarimalar huquqbuzarliklar sodir etilgan vaqtdagi eng kam ish haqi miqdori bo‘yicha to‘lanadi. Masalan, 28 iyul kuni haydovchiga transport vositasida harakatlanishda telefondan foydalanganligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi. 1 avgustdan jarimalar miqdori o‘zgarishiga qaramasdan, mazkur haydovchi 60 kun ichida 28 iyulda amalda bo‘lib turgan jarimani (608 190 so‘mni) to‘lashi lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida 2019 yil 1 avgustdan eng kam ish haqi oshishi munosabati bilan jarima narxlari quyidagicha o‘zgaradi:
• Xavfsizlik kamarini taqmaslik: 111 500 so‘mdan – 223 000 so‘mgacha
• Telefondan foydalanish: 669 000 so‘mdan – 1 115 000 so‘mgacha
• Televizordan foydalanish: 223 000 so‘mdan – 1 115 000 so‘mgacha
• Tezlikni oshirish: 223 000 so‘mdan – 3 345 000 so‘mgacha
• Qizil chiroqda o‘tish: 446 000 so‘mdan – 1 115 000 so‘mgacha
• To‘xtab turish qoidasini buzish: 669 000 so‘mdan – 3 345 000 so‘mgacha
• Transportni xujjatsiz boshkarish: 223 000 so‘mdan – 2 230 000 so‘mgacha
• Sug‘urtasiz mashinani boshqarish: 223 000 so‘mdan – 669 000 so‘mgacha
• Nosoz transportdan foydalanish: 669 000 so‘mdan – 1 115 000 so‘mgacha
• Mast xaydovichga transportni berish: 3 345 000 so‘m
• Mastlikni tekshirishdan bosh tortish: 669 000 so‘mdan – 6 690 000 so‘mgacha
• Mast xolatda mashina xaydash: 5 575 000 so‘mdan – 8 920 000 so‘mgacha
• Avariyadan keyin qochib ketish: 6 690 000 so‘m
• Piyodalar yo‘lakchasidan yurish: 223 000 so‘mdan – 892 000 so‘mgacha
• Signal va fara qoidasini buzish: 223 000 so‘m
• Faralarni oynasimon qoraytirish: 223 000 so‘mdan – 446 000 so‘mgacha
• Temir yo‘ldan o‘tish qoidasi buzish: 669 000 so‘mdan – 1 115 000 so‘mgacha
• Gurux bo‘lib xarakat qilish: 669 000 so‘mdan – 1 115 000 so‘mgacha
• Avariya xolati keltirib chiqarish: 1 115 000 so‘mdan – 4 460 000 so‘mgacha
• O‘zganing transportiga shikast yetkazish: 446 000 so‘m
• Yengil tan jaroxati yetkazish: 1 115 000 so‘m
• Yo‘l va yo‘l-inshootlarini shikastlash: 2 230 000 so‘mdan – 3 345 000 so‘mgacha
• DAN xodimi talabini bajarmaslik: 111 500 – 669 000 so‘m
• Yuk tashish va shatakka olish: 1 115 000 so‘mdan – 3 345 000 so‘mgacha
• Mashinada shaxsiy boylik orttirish: 446 000 so‘mdan – 1 115 000 so‘mgacha
• Piyodalar yo‘l qoidasini buzishi: 66 900 so‘mdan – 669 000 so‘mgacha.
LiveBarchasi