Irkutskda tadbirkorlik bilan shug‘ullangan o‘zbekni o‘g‘irlab ketishdi
Olam
−
22 mart 2019
5556Rossiyaning Irkutsk shahrida besh nafar rossiyalik O‘zbekiston fuqarosini o‘g‘irlab ketib, uni ozod etish evaziga narxi 2,4 million rubl bo‘lgan avtomobil va 50 ta qo‘y talab qilishgan. Bu haqda Irkutsk viloyat Prokuraturasi ma’lum qildi.
Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosi Irkutsk shahrida fermer xo‘jaligini yuritish maqsadida ma’suliyati cheklangan jamiyat tashkil etadi va bu jamiyatning ijrochi direktori sifatida 45 yashar Irkutsk fuqarosini ishga qabul qiladi.
Irkutsk fuqarosi ijrochi direktor sifatida olishi kerak bo‘lgan ish haqinining kelishilgan miqdoridan 4 baravar kam olgan. Aytilishicha, u oldindan o‘zbekistonlik tadbirkor bilan ish haqi bo‘yicha og‘zaki kelishuvi bo‘lgan. Kam maosh olgani uchun u o‘z tanishlaridan o‘zbekistonlikni ushlab, u bilan hisob-kitob qilib olishga yordam berishlarini so‘raydi.
Ular jabrlanuvchi bilan kafeda uchrashishadi va unga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, unga yengil tan jarohati yetkazishadi. Bundan tashqari, jinoyatchilar o‘zbekistonlikka pichoq va pistolet bilan tahdid qilib, ijro etuvchi direktorga o‘zining avtomobili va fermasidagi 50 ta qo‘yni berishlarini talab qilashadi.
Yosh yigitlar o‘zbekistonlikni majburan mashinaga o‘tqazib, uning uyiga borishadi. Jabrlanuvchining uyidan mashina hujjatlarini olib ketishadi. Shundan so‘ng o‘z maqsadlariga erishgan jinoyatchilar o‘zbekistonlikni qo‘yib yuborishgan.
Hozirda O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan jinoyat sodir etgan shaxslar ustidan tergov harakatlari yakunlanib, jinoiy ish Irkutskning Kuybishev tuman sudiga oshirilgan.
LiveBarchasi