Rangnikni “Manchester Yunayted”ga murabbiy qilib tanlashganiga tushunmayman – Skoulz

Sport

image

Ralf Rangnik yaxshi insonga o‘xshaydi. Lekin uni qanday qilib, “Manchester Yunayted” kabi jamoaga murabbiy qilib tanlashdi. Men hech qachon bu holatni tushunmayman. Bu haqda Angliya va “Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz “BT Sport” telekanali efirida gapirgan.

“Hamma narsa yetakchilikdan kelib chiqadi. Ko‘p narsa murabbiyga bog‘liq, u futbolchilarga nisbatan talabchan bo‘lishi kerak. Men Ralf Rangnikning ko‘nglini og‘ritishni xohlamayman, u juda yaxshi odamga o‘xshaydi va intervyularda ajoyib gapiradi. Ralf juda halol inson bo‘lib ko‘rinadi. Lekin uni qanday qilib “Manchester Yunayted”dek klubga murabbiy qilib tanlashdi? Men hech qachon bu holatni  tushunmayman. Ha, “Manchester Yunayted”ning ayrim futbolchilari Premer liganing jadvalining yuqoriroqdagi jamoalari futbolchilari kabi yaxshi emas. Ammo “qizil iblislar” yana Premer ligada g‘alaba qozonish uchun qilishi kerak bo‘lgan birinchi narsa bu to‘g‘ri murabbiyni topishdir. Futbolchilarga mos keladigan mutaxassisni tanlang va ularga jamoa tuzish uchun ikki-uch yil bering. “Manchester Yunayted” uchun to‘g‘ri murabbiy topish juda katta vazifadir”, degan Pol Skoulz

Ma’lumot o‘rnida, Pol Skoulz “Manchester Yunayted” safida 1993-2011 yillarda harakat qilgan. Shu vaqt mobaynida Pol “qizil iblislar” safida 466 ta uchrashuvda maydonga tushib, 102 ta gol urishning uddasidan chiqqan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing