“Rangli inqiloblar” tashkilotchisi Markaziy Osiyoga kelayotgani aytilmoqda

Olam

image

Buyuk Britaniyaning Yekaterinburgdagi Bosh konsuli Richard Dyuell boshqa lavozimga tayinlangani sababli Rossiyani tark etayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, diplomat bir paytlar Qirg‘izistonda inqilob tayyorlash missiyasini samarali bajargan va uning Uralda paydo bo‘lishi ortidan Yekaterinburgda cherkov qurilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, diplomatni “Britaniya elchilari fitnasi” bo‘yicha ekspert deb atashgan. 2015 yilda Britaniyaning Qirg‘izistondagi konsuli etib tayinlanganidan so‘ng, u respublikada faol ravishda “beshinchi kolonna” qurishni boshlagan. Shuningdek, u rasmiylarning Buyuk Britaniyaga tajriba almashish uchun borishini tashkil qilgan. Diplomat o‘z tarmoqlari orqali respublikadagi fan, ta’lim va madaniyat tashkilotlarini ham mahorat bilan chigallashtirgan. Bularning barchasi 2020 yilda Qirg‘izistonda navbatdagi inqilobga olib kelgan. Namoyishdan otilib chiqib, prezident bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan Sadir Japarovning mamlakatda g‘arb ta’siriga qarshi faol kurash boshlagani ham bejiz emas aslida.

Qirg‘izistondagi voqealaridan bir necha oy oldin esa Richard Dyuell Rossiyada paydo bo‘lgan. Ingliz diplomati 2019 yil fevral oyida Britaniyaning Yekaterinburgdagi Bosh konsuli etib tayinlangan.  Shundan so‘ng Ural poytaxtida Avliyo Ketrin cherkovi qurilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan. Ma’lum bo‘lishicha, Dyuell o‘sha paytda “Ural Memorial” va “Yekaterinburg” Ozodlik guruhi bilan hamkorlikda ishlagan.

Endi esa 007 agenti malakasiga ega diplomat zudlik bilan boshqa joyga joylashtirilmoqda. Ba’zi manbalar uning yana Markaziy Osiyoga kelayotganini gumon qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rangli inqiloblar Richard D'yuell

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar