Ramzan Qodirovning qizi Chechenistonning eng oliy mukofoti bilan taqdirlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ikkinchi qizi, Grozniy meriyasining maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i Xadijat Qodirova Ahmad Qodirov nomidagi orden bilan taqdirlandi. Bu haqda Milliy siyosat, tashqi aloqalar, matbuot va axborot vaziri Ahmad Dudayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

“Checheniston Respublikasining Birinchi Prezidenti, Rossiya Qahramoni Ahmad-Xajji Qodirovning nabirasi, Grozniy meriyasining maktabgacha ta’lim bo‘limi boshlig‘i Xadijat Qodirovani chin qalbimdan tabriklayman! Checheniston Respublikasining oliy mukofoti – Qodirov ordeni bilan taqdirlandi. Unga ishonib topshirilgan tashkilot faoliyatini yangi bosqichga ko‘tardi. U eng qiyin vazifalarni hal qilishni biladigan adolatli va sezgir rahbar sifatida tanilgan”, deb yozdi vazir.

Ma’lumot uchun, Xadijat Qodirova 22 yoshda. Avvalroq mazkur orden bilan viloyat rahbarining to‘ng‘ich qizi – respublika madaniyat vaziri lavozimini egallab turgan 23 yoshli Ayshat Qodirova taqdirlangan edi. Ramzan Qodirovning jami 14 nafar farzandi bor, ulardan olti nafari qiz. 

Ahmad-Xadji Qodirov dastlab 2000 yil 12 iyunda Checheniston ma’muriyati rahbari, 2003 yil oktyabrda esa Checheniston Prezidenti bo‘lgan. 2004 yil 9 mayda Grozniydagi teraktda halok bo‘lgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

137

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing