Ramos “Oltin to‘p”ni tanish-bilishchilik ortidan olmoqchi bo‘lgani fosh etildi

Sport

image

“Real Madrid” klubining sobiq himoyachisi Serxio Ramos Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) prezidenti Luis Rubialesdan “Oltin to‘p”ning topshirilishiga ta’sir o‘tkazishni so‘ragan. Bu haqda Rubialesning audioyozuvlarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan  “El Confidencial” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Serxio Ramos Rubialesdan 2020 yiligi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishi uchun UEFA'dagi tanish-bilishlarini ishga solishni so‘ragan.

“Rubi, bilasizmi, men sizdan hech qachon hech narsa so‘ramaganman, lekin men buni hozir qilishni xohlayman. Chunki bu yilgi o‘yinlarimni hisobga olgan holda, “Oltin to‘p”ga munosibman, deb o‘ylayman. Men sizdan qo‘lingizdan kelganicha yordam berishingizni, UEFA'dagi iplarni tortishingizni va “Oltin to‘p”ga aloqador kerakli odamlar bilan bog‘lanishingizni istayman. Agar shunday qilsangiz, sizdan butun umr minnatdor bo‘laman. Bu nafaqat mening xohishim, balki ispan futboli ham bunga loyiq”, degan Ramos suhbat davomida.

Serxioning so‘zlariga javoban, Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi prezidenti sovrinni topshirish jarayoni unga bog‘liq emasligini, lekin baribir qo‘lidan kelganicha harakat qilishini bildirgan.

“Ramos mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazganingiz bilan tabriklayman. Albatta, “Oltin to‘p”ning topshirilishi menga bog‘liq emas, lekin men sizga qo‘limdan kelgancha yordam berishga harakat qilaman. Menga ishonishingiz mumkin”, degan Rubiales.

Ma’lumot uchun, 2020 yilgi “Oltin to‘p” marosimi koronavirus pandemiyasi tufayli bekor qilingan edi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing