Moddiy madaniy meros ob’ektlari ro‘yxati tasdiqlandi
Jamiyat
−
09 Oktabr 2019
11724O‘zbekistonda Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari milliy ro‘yxati tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq, respublika bo‘yicha jami 8 ming 208 ta moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari mavjud bo‘lib, shundan 4 ming 748 tasi arxeologiya yodgorliklari 2 ming 250 tasi arxitektura yodgorliklari, 678 tasi monumental san’at yodgorliklari, 532 tasi diqqatga sazovor joylardir.
Qaror bilan Madaniyat vaziriga zarurat bo‘lganda tegishli buyruq bilan, ob’ektning nomi, davri va manziliga aniqlik kiritish (tushuntirish berish) huquqi berildi.
Shuningdek, Madaniyat vazirligi asosli zarurat paydo bo‘lganida milliy ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida Hukumatga taklif kiritib boradi.
Milliy ro‘yxatga kiritilgan ob’ektlarga tarixiy, badiiy yoki o‘zga madaniy qimmatliligi tufayli garov va ipoteka qo‘llanilishi mumkin emas, xususiy mulk hisoblangan moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk ob’ektlari bundan mustasno.
LiveBarchasi