Ramazon oyi qaysi sanadan boshlanishi aytildi
Jamiyat
−
21 mart 2023
33271O‘zbekisonda Ramazon oyi 23 martdan boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2023 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 23 mart kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilingan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolari Kengashi tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma’lumotlarga tayangan holda 2023 yilda Ramazon oyining birinchi kuni shu yil 23 mart, payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.
LiveBarchasi