Ramazon hayitida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi aniq bo‘ldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 10 may kuni “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-5110-sonli qarorga imzo chekdi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2021 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 13 may – payshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarori inobatga olinib, mamlakatda 2021 yil 13 may Ramazon Hayiti bayrami sifatida nishonlanishi belgilandi.

Shuningdek, Prezidentning 10 maydagi PF-6222-sonli Farmoni asosida 2021 yil 14 may (juma) hamda 15 may (shanba) kunlari qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi.

Bundan kelib chiqib, o‘zbekistonliklar Ramazon Hayiti munosabati bilan ketma-ket 4 kun dam oladigan bo‘lishdi:

  • 13 may, payshanba – Ramazon Hayitining birinchi kuni (ishlanmaydigan bayram kuni);
  • 14 may, juma – qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
  • 15 may, shanba – qo‘shimcha dam olish kuni (barcha uchun);
  • 16 may, yakshanba – umumiy dam olish kuni.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

891

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing