Kurs UZS

USD

12 937.16

23.97

EUR

13 937.20

28.4

RUB

154.55

0.38

Ramazon hayitida ob-havo qanday bo‘ladi?

Jamiyat

image

O‘zgidromet 29-31 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

O‘zbekistonliklar hayitda necha kun dam oladi? north_east

O‘zbekistonliklar hayitda necha kun dam oladi?

Unga ko‘ra, 29-31 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 29 martda ayrim tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezikda esadi, 30-31 mart kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa 19-22 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 23-26 daraja iliqqacha isiydi.

29-31 mart kunlari Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 5-8 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 20-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2025 yil 30 mart kuni Ramazon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo Ramazon hayiti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing