Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkentda ayrim ko‘chalar yopiladi

Jamiyat 2180
image

Toshkent shahrida Ramazon Hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan 12 may soat 00:00 dan 13 may 7:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi:

Olmazor tumani:

  • “Imom Buxoriy” masjidi oldidagi Chimboy ko‘chasi – Farobiy – Chimboy ko‘chalari chorrahasidan Chimboy – KXAY chorrahasigacha;
  • “Hazrati imom” masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Qodiriy ko‘chalari chorrahasidan Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani:

“Shayx Zayniddin” masjidi oldidagi Uyg‘ur ko‘chasi – Nurafshon – Uyg‘ur ko‘chalari chorrahasidan Uyg‘ur – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani:

  • “Ubay ibn Ka’b” Al-Xorazmiy masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha;
  • “Katta Qozirabod” masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari  chorrahasidan Chilonzor – Nurxon chorrahasigacha.

“Shayx” masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonobod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

Uchtepa tumani:

  • “Abdulloh ibn ma’sud” masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qani ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Hazrati umar” masjidi oldidagi Nazarbek ko‘chasi – Nazarbek – Yu.Sakkokiy ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek –Uyg‘ur chorrahasigacha.

Yunusobod tumani:

  • “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
  • “Mirzo Yusup” masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Amir Temur – Bog‘ishamol ko‘chasidan Bog‘ishamol – Bodomzor chorrahasigacha.

Yakkasaroy tumani:

“Usmon bin Mahzun” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Cho‘lponota chorrahasigacha. 

Yashnobod tumani:

“Islom ota” masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani:

“Qo‘liq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY  va Munis chorrahasigacha.

Umidjon Nozimjonov
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 37
Reyting: 3.1
t
×