Ramadan Sale: Golden House'dan tijoriy maydonlarga chegirmalar! 

Biznes

1280x960_1 (4)

Tijoratga doir ko‘chmas mulkni to‘g‘ri tanlay olish bizga qanday afzallik beradi? Albatta, bu bizga doimiy tashrifchilar va muvaffaqiyatni ta’minlaydi. Qaysi biznes turi bilan shug‘ullanishingizning ahamiyati yo‘q — restoran, dorixona yoki go‘zallik saloni bo‘lsin, qulay joy va to‘g‘ri bino tanlash juda ko‘p narsani hal qiladi. Golden House tijoriy maydonlarni xarid qilish uchun 20% gacha bo‘lgan ulkan chegirmalarni taqdim etadi va bu — Ramazon oyi munosabati bilan!

“A” toifasiga mansub poytaxtdagi ilk biznes markazi — faxrli nufuzini munosib oqlab kelayotgan Orient Business Center'dir. Oloy bozori yaqinidagi joylashuv, binoning zamonaviy dizayni, eng mayda detallarga puxta o‘ylangan shart-sharoit, derazalardan shaharning ajoyib manzarasi kabilar mijozlar uchun ajoyib qulaylikdir. Agar sizga yaqin istiqbolda ushbu markazning ofislaridan birida ishlash nasib qilsa, ishxonadan uzoqqa ketmagan holda ham bir vaqtning o‘zida bir qancha shaxsiy ishlaringiz bilan shug‘ullanish uchun ajoyib imkoningiz borligini anglaysiz. Hamkasblar bilan birga kafeda tushlik qilish, uyingizga zarur oziq-ovqat xarid qilish, kiyimingizni kimyoviy tozalashga qoldirish yoki bosh og‘rig‘i uchun dorixonaga borish uchun tashqariga chiqish shart emas, chunki hammasi bino ichida joylashgan. Ayni damda maydoni 300 kvadrat metr bo‘lgan ofis va ovqatlanish uchun mo‘ljallangan 280 kvadrat metrli so‘nggi maydonlar qoldi, shoshiling.

The Business Parkda ham tijorat uchun mo‘ljallangan maydonlar sotilishi davom etmoqda. Bu poytaxtning Maxtumquli ko‘chasida joylashgan yangi biznes markazidagi tijoriy maydonlardir. Hozirgi kunda talab ancha yuqori bo‘lgan ushbu hudud infratuzilmasi jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. The Business Park konsepsiyasi tadbirkorlar va aholining haqiqiy ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Tavsiya etilgan rejalashtirish yechimlari esa funksional, ergonomik, asosiysi — haqiqiy biznes sinovlaridan o‘tgan.

 Shunisi alohida e’tiborga molikki, Golden House turar joy majmualarida ham tijoriy maydonlar mavjud. Xususan, Assalom Maxtumquli 2 majmuasiining 1-qavatida ham biznesingizga mos har qanday o‘lchamdagi maydonlar bor. Shiftdan polgacha bo‘lgan panoramali oynalar vitrinalar uchun juda mos keladi. Assalom Maxtumquli turar joy majmuasi maqbul narxlari va yuqori darajadagi qulayligi uchun bu yerga talab nihoyatda katta va shu bois ham bu yerda savdo shoxobchalarining mashhurligi mutloq ta’minlanadi. Yaqin kunlarda majmua qurilishining ikkinchi bosqichi foydalanishga topshiriladi, o‘zingiz uchun mos kelgan joyni tanlashga ulgurib qoling!

Birinchi bosqichi foydalanishga topshirilish arafasida bo‘lgan Britaniya kvartali Greenwich ham o‘zining ajoyib tijoriy maydonlari bilan har qancha maqtansa arziydi. Bu yerdagi hudud infratuzilmasi ham jadal sur’atlarda taraqqiy etmoqda va majmuada savdo maydonlarining ochilishi uning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shadi. Shoshiling, chunki bugungi kunda faqat 4 ta tijoriy maydon qolgan.

Golden House siz va sizning biznesingiz uchun qayg‘urgan holda qulay, qulay maydonlarni taklif etadi. Savdo ofislariga murojaat qiling va Ramazon oyi munosabati bilan taqdim etilayotgan ulkan chegirmalardan hamda manfaatli takliflaridan foydalanib qoling!

Qo‘shimcha ma’lumotni +998 99 8089225  telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Markaziy savdo ofisi: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi, 3.
Mo‘ljal: Orient Finans Bank, “Novomoskovskaya” TJM.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring Orient Business Center The Business Park

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling 

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

3.6

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing