Ralli bahslarida O‘zbekistonning eng yaxshilari aniqlandi
Sport
−
20 avgust
2790Joriy yilning 17-18 avgust kunlari Namangan viloyati Pop tumanida Ralli bo‘yicha O‘zbekiston kubogi o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Avtosport va Karting federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqada O‘zbekistonning mohir Ralli sportchilari maxsus avtomobillarda o‘zaro bahs olib bordi.
Poygachilar ikki toifada A8-1600N va A9-2000N bellashdi.
- A8-1600N g‘oliblari:
1-o‘rin - Ekipaj 88
Pilot- Ibrohim Kursun
Shturman - Askarbay Nazarov
2-o‘rin - Ekipaj 16
Pilot - Yevgeniy Kim
Shturman - Jamoliddin Mirhosilov
- A9-2000N g‘oliblari:
1-o‘rin - Ekipaj 4
Pilot - Rauf Hasanov
Shturman - Boris Konyuxov
2-o‘rin - Ekipaj 8
Pilot- Olim Ahmadjonov
Shturman - Paris Muhammad Asef
3-o‘rin - Ekipaj 5
Pilot - Dilshod Yusupov
Shturman - Otamurodjon Sobirov
LiveBarchasi