Raqobat rivojlangan sohalarda davlat muassasalari tugatiladi
Jamiyat
−
10 fevral 2022
9646O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat muassasalarini isloh qilishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra:
• bir tovar bozorida 5 ta va undan ortiq xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyat yuritib kelayotgan, raqobat rivojlangan sohalarda faoliyat yuritayotgan davlat muassasalari tugatiladi yoki xo‘jalik jamiyatlariga o‘zgartirilgan holda xususiy sektorga sotiladi;
• davlat muassasalari majburiy tartibda Yagona g‘azna hisobvarag‘ida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.
2022 yil 1 apreldan:
• Ochiq ma’lumotlar portalida foydalanuvchilar uchun qulay formatlarda ko‘rish imkoniyatini yaratgan holda muassasalarning yuqori turuvchi tashkiloti, ko‘chmas mulk ob’ektlari, qurilishi tugallanmagan ob’ektlar va avtotransport vositalari, rejalashtirilgan va amalga oshirilgan xarajatlar tarkibi haqidagi va boshqa ma’lumotlarni (bundan tijorat siri mavjud yoki cheklangan holda tarqatiladigan ma’lumotlar mustasno) e’lon qilish amaliyoti joriy etiladi.
• davlat muassasalarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda hamda muassasa ustavi (nizomi)da uning tashkiliy-huquqiy shakli “davlat muassasasi” ekanligi ko‘rsatiladi;
• xo‘jalik jamiyatlari ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat unitar korxonalari, davlat muassasalari, Markaziy bank hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga tegishli aksiyalar va ulushlar davlat ulushlari hisoblanadi;
• davlat ishtirokidagi xo‘jalik jamiyatlariga tegishli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondi (ustav kapitali)dagi ulushlar va aksiyalar davlat ulushi hisoblanmaydi.
Qarorga ko‘ra, mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olgan tushumi BHMning 100 ming baravaridan ortiq bo‘lgan davlat muassasalari 2022 yil 1 martdan 2023 yil 1 avgustgacha eksperiment tariqasida tashqi, shu jumladan mol-mulkning mavjudligi, majburiyatlar bajarilishining amaldagi holati va oqibatlarini o‘rganish masalalari yuzasidan auditorlik tekshiruvidan o‘tkaziladi.
Prezident va Hukumat qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari davlat muassasalariga xo‘jalik jamiyatlarini ta’sis qilish hamda ularning ustav fondi (ustav kapitali)da ishtirok etish taqiqlanadi.
LiveBarchasi