2020 yildan multimodal transport yo‘li ishga tushadi

Jamiyat

image

Multimodal transport koridori bo‘ylab konteyner yuk poyezdining ilk sinov qatnovini 2020 yilning birinchi choragida amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahrida Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston va O‘zbekiston temir yo‘llari rahbarlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi ishtirokida xalqaro multimodal transport koridorini rivojlantirish masalasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tildi. 

O‘zbekiston tomoni tashabbusi bilan koridor ishtirokchilari hamkorligida tashkil etilgan birinchi uchrashuvda, yuk tashish hajmini oshrish, ushbu xalqaro loyihaga a’zo davlatlar hududi orqali multimodal tashuvlarni rivojlantirish bo‘yicha dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Uchrashuv davomida yagona tranzit tarif stavkalari va koridor bo‘ylab yuk tashish shartlari o‘rnatilib, logistika infratuzilmasi muhokama qilindi. Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi raisligida loyihada ishtirok etayotgan davlatlar temir yo‘llari rahbarlaridan tarkib topgan Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitani tuzishga kelishib oldi.  

Ushbu multimodal transport koridori bo‘ylab konteyner yuk poyezdining ilk sinov qatnovini 2020 yilning birinchi choragida amalga oshirish rejalashtirilmoqda.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

49

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing