Rahmonov 7 viloyat hokimligi Toshkentda mehmonxona qurishi haqida qarorni imzoladi
Jamiyat
−
22 fevral 2023
9456Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov kecha, 21 fevral kuni poytaxt hududidan 7 ta viloyat hokimligiga mehmonxona qurish uchun yer ajratish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Qarorga ko‘ra, Namangan, Andijon, Farg‘ona, Surxondaryo, Sirdaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlarining har biriga mehmonxona qurish uchun Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani “Chingeldi” mahallasi hududidan 0,32 gektar yer maydoni ajratiladi.
Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati zimmasiga yuklatilgan.
LiveBarchasi