Rahmon o‘z yordamchisini Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinladi

Jamiyat

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon kecha, 4 may kuni kadrlar o‘zgarishi to‘g‘risida bir qator farmon va buyruqlarni imzoladi, ular davlat rahbarining veb-saytida e’lon qilingan.

Ma’lum qilinishicha, Prezident farmoni bilan Abdujabbor Rahmonzoda Prezidentning ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisi lavozimidan ozod etilgan. Boshqa farmon bilan u Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan.

Shuningdek, mamlakat Prezidenti Ijroiya apparati Ta’lim, madaniyat va axborot bo‘limi mudiri Fayzali Idizoda va Prezidentning Ijtimoiy rivojlanish va jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yordamchisining katta maslahatchisi Muhammadi Safolzoda lavozimidan ozod etilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 aprel kuni Tojikiston Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik missiyasini yakunlagan edi. 

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama munosabatlarning bugungi yuksak darajasiga erishishdagi katta xizmatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun elchi Sodiq Imomiyni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan taqdirladgani.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

63

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing