Rahmon Putin bilan tojik-qirg‘iz mojarosini muhokama qiladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Joriy yilning 8 may kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Moskvada bo‘lib o‘tadigan Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga bag‘ishlangan paradda ishtirok etadi.

Rossiya Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaga bag‘ishlangan paraddan so‘ng esa ikki davlat rahbari Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi mojaroni muhokama qilishadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 aprel kuni qirg‘iz-tojik chegarasida keskin yuzaga kelgandi. Mojaro Tojikiston tomoni “Golovnaya” suv taqsimlash punkti yonidagi elektr ustuniga videokameralar o‘rnatishni boshlagan. Bundan norozi bo‘lgan qirg‘izlar kameralarni olib tashlashni so‘ragan. Shu bilan 28 aprel kuni ikki tomon o‘rtasida dastlab, og‘zaki haqorat va aytishuvlar so‘ngra, bir-biriga tosh otish boshlangan.

29 aprel kuni Qirg‘iziston va Tojikistonning chegaraoldi viloyatlari mahalliy aholisi o‘rtasidagi ziddiyat harbiylar o‘rtasida qurolli to‘qnashuvga aylanib ketgan edi. Otishma tomonlarning sa’y-harakatlari bilan kunning oxirida to‘xtatildi.

30 aprel kuni Japarov va Rahmon telefon orqali suhbatlashib, may oyining ikkinchi yarmida Dushanbeda yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldi.

1 may kuni ikki davlat Milliy xavfsizlik qo‘mitalari rahbarlari chegara hududida uchrashib, o‘t ochishni butunlay to‘xtatishga kelishib oldi.

Ma’lumot o‘rnida, qisqa davom etgan to‘qnaushvlarda ikkala tomondan 50 ga yaqin odam halok bo‘lgan, 200 dan ortiq kishi yaralanib, 300 dan ortiq uylar va infratuzilma ob’ektlari vayron qilindi yoki yoqib yuborildi.

Sardor Nurmatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing