Rahmatulloh qori Toshkent bosh imom-xatibligidan ketdi

Jamiyat

image

Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimida ishlab kelayotgan Rahmatulloh domla Sayfuddinov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, o‘z arizasiga binoan Toshkent shahar bosh imom-xatibi vazifasidan ozod etilgan. “Abu Saxiy” jome masjidi imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov shahar bosh imom-xatibi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Ma’lumot uchun, Rahmatulloh domla Sayfuddinov 1975 yil 18 mayda Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 1992-1995 yillarda o‘rta maktabni tugatgach, Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasida tahsil oldi. 1995-1997 yillarda talabalik davrida Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi “Oq tunikali” jome masjidida imom-xatiblik qilgan. 

2001-2003 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida dars bergan. 2003 yilda Eronda o‘tkazilgan XIX Xalqaro Qur’on musobaqasida ishtirok etgan. 

Qayd etilishicha, u faoliyati davomida Toshkent shahridagi “Xo‘ja Alambardor”, “Minor” jome masjidlarida imom-xatib, yangi tayinlanishgacha esa Yunusobod tumani bosh imom-xatibi va Yunusobod tumani "Mirza Yusuf" masjidi imom-xatibi lavozimlarida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rahmatulloh domla Sayfuddinov

Baholaganlar

1

Reyting

2.5

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar