Rahbariyat JCHni ko‘rgan mutaxassisni olib kelish niyatida – Kapadze
Sport
−
29 avgust 7625 2 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi Temur Kapadze MTJga bosh murabiiy bo‘lishi aytilayotgan Paulo Bentu haqida gapirdi. Bu haqda u bugun, 29 avgust kuni CAFA Nations Cup-2025 turniri oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Biz mashg‘ulotdamiz. Murabbiy kelganini ko‘rdik. Kelishuv bo‘lgani haqida xabarimiz yo‘q. Bu terma jamoa, biz vatan jamoasi uchun eng yaxshisi bo‘lishini tilaymiz. Bu jamoani kim boshqarishidan qa’tiy nazar O‘zbekiston terma jamoasi uchun muxlislik qilamiz. Men haqimda iliq fikrlar bildirganlarga minnatdorlik bildiraman. Barchaga rahmat aytaman”, deydi Kapadze.
Shuningdek, u rahbariyat tajribali va Jahon chempionatini ko‘rgan mutaxassisni olib kelish niyatida ekanini ham aytgan.
“O‘ylaymanki, bu balki yaxshilikka. Biz ham doim vatanimiz termasi uchun yordam beramiz. Rahbariyat qanday qaror qabul qilsa, biz buni qo‘llab turamiz. Biz murabbiyga emas, terma jamoaga muxlislik qilamiz. Biz birinchi marta Jahon chempionatiga chiqdik. Vaqt oz qoldi va bu turnirga yaxshi holatda borishimiz lozim. Kim bo‘lishidan qat’iy nazar, terma jamoaga foydamiz tegsa, xursand bo‘lamiz”, deydi Kapadze.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, portugaliyalik 56 yoshli mutaxassis Paulu Bentu O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqarishi kutilayotgani xabar qilingan edi. Kecha, 28 avgust kuni esa ijtimoiy tarmoqlarda uning Toshkentga yetib kelgani va tez orda Milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinishi haqida xabarlar tarqaldi.
Live
Barchasi