Reper Morgenshtern giyohvand moddalarni targ‘ib qilgani uchun jarimaga tortildi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahridagi  Zyuzinskiy sudi rossiyalik reper Morgenshternni (haqiqiy ismi Alisher Valiyev) kliplarida giyohvand moddalarni targ‘ib qilgani uchun jarimaga torti. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Sud bugun, 3 iyun kuni bo‘lib o‘tgan. Morgenshtern sudga advokati Sergey Zhorin va sevgilisi TikTok’da mashhur bloger Dilara Zinatullina  bilan uch nafar qo‘riqchi himoyasida kelgan. Reperning sevgilisiga sudga kirishga ruxsat berilmagan.

Shuningdek, reper sudga kirish oldidan jurnalistlarga bergan intervyusida, o‘zini mutlaqo ayibsizligini ta’kidagan.

"Men mutlaqo aybsizman va agar sud jarayoni adolatli va halol bo‘lsa, biz bugun buni isbotlaymiz", degan Alisher Morgenshtern

Sud jarayonida reperning “Rose Wine 2” va “Family” qo‘shiqlariga ishlangan kliplar masalasi ko‘rib chiqilgan. Sud politsiyaning kliplarda giyohvand moddalarni targ‘ib qilish to‘g‘risidagi shikoyatining to‘g‘riligini tasdiqlagan. Morgenshtern esa sud qaroridan noroziligini va shikoyat qilmoqchiligini ma’lum qilgan.

Xabarga ko‘ra, dastlab Morgenshtern sudda jismoniy shaxs sifatida ishtirok etgan, ammo keyinchalik unga qarshi yakka tartibdagi tadbirkor sifatida Rossiya Federatsiyasining Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksining 6.13-moddasi 1.1-qismi (Internetdan foydalangan holda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni targ‘ib qilish) bo‘yicha protokol tuzilgan. Sud Morgenshternni 100 ming rubl miqdorida jarimaga tortgan.

Shuni alohida qayd etish kerakki, 100 ming rubl jarimaga tortilgan qo‘shiqchi sudga Rossiyada 16 million rublga baholangan McLaren 600LT sport avtomobilida kelgan.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing