QALAMPIR.UZ tahririyati rasmiy bayonoti
Jamiyat
−
06 dekabr 2022
25724QALAMPIR.UZ tahririyati chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qiladiki, saytning 2017 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan va bugungacha 500 000 dan ortiq obunachiga ega bo‘lgan YouTube kanali 6 dekabr kuni tunda YouTube platformasidan o‘chib ketdi.
Hozirda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, yarim million obunachiga ega QALAMPIR.UZ kanali xakerlar hujumiga uchragan bo‘lishi mumkin.
YouTube platformasi bilan muloqot olib borilmoqda, sabablar o‘rganilmoqda.
QALAMPIR.UZ tahririyati ijtimoiy tarmoqlar orqali qo‘llab-quvvatlayotgan barchaga o‘z minnatdorligini bildiradi. Tahririyat inson manfaatlari va so‘z erkinligi yo‘lida faoliyatini an’analariga sodiq holda davom ettirishga harakat qiladi.
LiveBarchasi