PZR-test natijasini soxtalashtirib, sotayotgan xususiy klinika rahbari ushlandi

3-sahifa

image

Qashqadaryoda PZR-testi natijalarini soxtalashtirib, fuqarolarga sotayotgan xususiy klinika rahbari hamda viloyat Sanitariya epidemiologiya stansiyasi laboratoriyasi katta hamshirasi qo‘lga olindi.

Joriy yil 26 aprel kuni Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda kapitan A.T. shartli xaridor sifatida viloyat “SES” laboratoriyasida katta hamshira bo‘lib ishlovchi 1976 yida tug‘ilgan Qarshi tumanida yashovchi N.S. bilan uch nafar tanishiga PZR-testi natijalarini soxtalashtirib berishiga kelishadi.

Shartli xaridor unga uch nafar tanishiga tegishli bo‘lgan pasport nusxalarini Telegram orqali yuborib, har bir test natijasi uchun 195 ming so‘mdan pul to‘lashga roziligini aytadi.

Tadbir davom ettirilib, 27 aprel kuni ertalab soat 08:00 lar atrofida Qarshi shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan “Murod med star” xususiy tibbiyot klinikasi yonida ushbu klinikada ishlovchi 1994 yilda tug‘ilgan Koson tumanida yashovchi B.Sh. kelishilgan fuqarolarning nomiga rasmiylashtirilgan 3 ta PZR-testi blankalarini katta hamshira N.S. ga berayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davomida N.S. ning yonidan 3 dona PZR-testi ma’lumotnomasi hamda tadbirga ajratilgan 150 ming ming so‘m pul olindi. 

“Murod med-star” xususiy klinikasi rahbari N.M. o‘z ixtiyori bilan IIB xodimlariga 450 ming so‘m pulni qaytarib bergan va ular daliliy ashyo sifatida olingan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

PZR-test

Baholaganlar

220

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar