Putin dunyoni global inflyatsiya xavfidan ogohlantirdi
Olam
−
30 Oktabr 2021
8299Dunyoda global inflyatsiya xavfi bor, vaziyatning og‘irlashishiga yo‘l qo‘ymaslik, balki byudjet siyosatini normallashtirish muhim. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin G20 (Katta yigirmatalik) davlatlarining sammitida qilgan chiqishida ta’kidladi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, iqtisodiyotni haddan tashqari rag‘batlantirish umumiy beqarorlikka, moliyaviy aktivlar va ayrim bozorlarda tovarlar: energiya, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning narxlari oshib ketishiga olib kelgan. Bu hodisalarning asosiy sababi – rivojlangan iqtisodiyotlarda jiddiy byudjet taqchilligi.
Foto: 2021 yilgi G20 sammitida Rossiya rahbari onlayn ishtirok etdi
“Bu yuqori global inflyatsiya xavfini keltirib chiqaradi. Shu sababli nafaqat ishbilarmonlik faolligining pasayish xavfi ortib bormoqda, balki tengsizlik ham kuchayib bormoqda”, deydi Putin.
Rossiya davlat rahbarining ta’kidlashicha, shuning uchun normal byudjet va pur-kredit siyosatini yuritish kerak. Bundan tashqari, u iqtisodiyotda talab tuzilmasini boshqarish sifatini oshirish, iqtisodiy ustuvorliklarni belgilash, birinchi navbatda, tengsizlik muammolarini bartaraf etish va fuqarolar farovonligini oshirish kerakligini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, inflyatsiya (lot. infl atio – shishish, bo‘rtish, ko‘tarilish), pulning qadrsizlanishi – tovar-pul muvozanatining buzilishi natijasida muomalada xo‘jalik aylanmasi ehtiyojlaridan ortiq darajada qog‘oz pullar miqdorining ko‘payib ketishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan ta’minlanmagan pullarning paydo bo‘lishi.
Foto: Dunyo bo‘ylab G20 (Katta yigirmatalik) klubiga a’zo davlatlar
LiveBarchasi