Putinning tanqididan so‘ng Rossiyadagi tarix darsliklari qayta tekshiriladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tanqididan so‘ng barcha maktablardagi tarix darsliklari qayta tekshiriladi. Bu haqda Rossiya Ta’lim vaziri Sergey Kravsov “Rossiya 1” telekanalidagi “Moskva. Kreml. Putin ” dasturida aytib o‘tdi.

Bunga asosiy sabab qilib Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 21 aprel kuni Federal Majlisga yo‘llagan an’anaviy murojaati davomida ba’zi maktab darsliklarini o‘qib, “biz haqimizda yozilmaganga o‘xshaydi”, deya hayron qolgani keltirildi. Prezident Stalingrad jangi haqida yozilmagan darsliklardan birini misol tariqasida keltirgandi. 

“Kim yozadi, kim tekshiruvdan o‘tkazadi bunaqa darsliklarni? Shunchaki hayratlanarli! ”, degandi Vladimir Putin tarix darsliklaridan noroziligini bildirib.

Keyinchalik, bir qator Rossiya va butunjahon tarixi darsliklari Prezidentning yordamchisi – Rossiya harbiy va tarixiy jamiyati raisi Vladimir Medinskiy tomonidan tahrir qilingani ma’lum bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Medinskiy ilgari tarix fanidan yoqlagan doktorlik dissertatsiyasi uchun ham tanqid ostiga olingan edi.

 

Bokirxon Qosimxonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

278

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing