Putinning sirli o‘ylari yoxud Rossiyaning asl maqsadi nima?

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi rahbari Vladimir Putinning hozirgi davlat boshqaruvidagi siyosati ko‘pchilikni hayratlantirmoqda va chuqur mulohazalar yuritishga undamoqda. U o‘zining “sirli ko‘zgu”sida  nimalarni ko‘rmoqda va rejalashtirmoqda? Bu savolni biz bir necha oylardan beri, hatto, Rossiya Ukrainaga bostirib kirishidan oldin bergan edik, deb yozmoqda BBC news.

AQSHning sobiq prezidenti Jorj Bush bir marta Vladimir Putinning ko‘ziga qaraganini va uning "ruhini his qilganini" aytgan edi. Shunday qilib, Kreml rahbarining fikrini o‘qish unchalik oson emas, lekin taxmin qilib ko‘rish juda muhim. Buning sababi hammaga ma’lum: Moskvaning yaqin orada yadro qurolidan foydalanish ehtimoli har qachongidan ham ko‘proq.

Rossiya Prezidenti bosim ostida ekanligiga shubha yo‘q, chunki uning Ukrainadagi "maxsus harbiy operatsiyasi" u o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. Putinning nazarida bu urush bir necha kun davom etishi kerak edi. Ammo biz sakkiz oydan buyon bu "tragediya"ga guvohmiz va buning oxiri ko‘ringani yo‘q.

Kreml asta-sekin qo‘shinlarining katta yo‘qotishlarini tan olmoqda. So‘nggi haftalarda rus harbiylari Ukrainada avval egallab olgan hududlarining ba’zilarini ham qo‘ldan boy berdi.

Qo‘shinlar sonini ko‘paytirish uchun o‘tgan oy Prezident Putin qisman safarbarlik e’lon qildi, lekin u oldinroq  bunday qilmasligini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, sanksiyalar Rossiya iqtisodiyotini yomonlashtirmoqda.

Shunday qilib, Putinning ruhiy holatiga qaytaylik. U qachondir hammasini noto‘g‘ri qilgani va bosqinchilik asosiy xatosi ekanligini o‘ylaydimi?

"Bu mojarodagi vaziyatni Putinning tasavvurlari boshqaradi. U yadroviy davlatning avtoritar rahbari. Vladimir bu mamlakatda tengsiz lider. Uni aqldan ozdiradigan kuchli e’tiqodlari va tushunchalari bor. Putin bu qaror muhimlik nuqtai nazaridan eng oliy maqsad ekanligiga ishona boshladi. Nafaqat o‘zi uchun, balki Rossiyaning kelajagi uchun ham”.

So‘nggi oylarda Rossiyaning yuqori martabali amaldorlari (jumladan, Putinning o‘zi) mamlakat ushbu mojaroda yadro qurolidan foydalanishga tayyor bo‘lishi kerakligini aytib kelmoqda.  

Bu hafta Rossiyaning Ukrainani shiddatli bombardimon qilishi Kreml hech bo‘lmaganda Kiyev bilan munosabatlarni kuchaytirishga qaror qilganidan dalolat beradi. 

Putin G‘arb bilan ham diplomatiyani tiklamoqchimi?

"U G‘arb bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikdan qochishga harakat qilmoqda, lekin ayni paytda bunga tayyor. Men, avvalo, yadroviy mojaro ehtimolidan qo‘rqaman. Ikkinchidan, cheksiz urushdan qo‘rqaman", deydi faxriy liberal siyosatchi Grigoriy Yavlinskiy.

Bu “oxiri yo‘q urush” cheksiz resurslarni talab qiladi. Bunga Rossiya qanchalik tayyor? Ukraina shaharlariga raketa zarbalari to‘lqini Kreml kuchning dramatik namoyishi, ammo Moskva buni qachongacha ushlab tura oladi?

"Bundan tashqari, harbiy nuqtai nazardan, hech kim yakuniy Rossiya g‘alabasining belgisi nima bo‘lishini aytmaydi? G‘alaba ramzi nima? 1945 yilda u Berlin ustidagi bayroq edi. Hozirgi muvaffaqiyat mezonlari qanday? Rus bayrog‘i Kiyev uzra hilpirashi kerakmi yoki Xerson va Xarkovning ustidanmi? Men bilmayman. Hech kim bilmaydi”, deydi siyosatchi.

Hattoki, Putinning o‘zini ham  bilishi aniq emas. 

Fevral oyida Kremlning maqsadi Ukrainani tezda mag‘lubiyatga uchratib, Rossiyaning kuchini dunyoga ko‘rsatib qo‘ymoqchi edi. Ammo Putin biroz adashdi. U Ukraina armiyasi va xalqining o‘z yerlarini himoya qilishga bo‘lgan qat’iyatini past baholadi va o‘z harbiylarining imkoniyatlarini haddan tashqari oshirib yubordi.

U hozir nimani o‘ylayapti? Vladimir Putinning hozirgi rejasi Ukraina hududi ustidan nazoratni mustahkamlash va uni o‘ziga qo‘shib olib, mojaroni muzlatib qo‘yishmi? Yoki u butun Ukraina Kremlning ta’sir doirasiga qaytgunicha oldinga intilmoqchimi?

Bu hafta Rossiyaning sobiq Prezidenti Dmitriy Medvedev shunday deb yozdi:

"Ukraina davlati o‘zining hozirgi harakatlari bilan Rossiya uchun doimiy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aniq tahdid bo‘lib qoladi. Kelajakdagi harakatlarimizdan maqsad Ukraina siyosiy rejimini butunlay yo‘q qilish bo‘lishi kerak, deb hisoblayman".

Agar janob Medvedevning so‘zlari Prezident Putinning fikrini aks ettirayotgan bo‘lsa, uzoq davom etadigan va qonli mojaroni tasavvur qilavering.

Rossiya armiyasi 300 000 zahiradagi askarni safarbar qilmoqchi ekanligini aytdi, ammo mamlakat bo‘ylab bu harakatga qarshilik kuchayib bormoqda.

Ammo, muqarrar ravishda, janob Putinning xorijdagi xatti-harakatlari mamlakatda ham o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatdi. Yillar davomida Kreml Putinni “Janob Prezident” sifatida ulug‘ladi va Rossiya jamoatchiligini agar Putin rahbar bo‘lsa, ular xavfsiz bo‘lishiga ishontirdi.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

726

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing