AQSH Putinning yadroviy hujumiga harbiy kuch bilan javob berishi kerak – sobiq Mudofaa vaziri

Olam

image

Rossiya Federatsiyasining Ukrainada yadro qurolidan foydalanishiga chetdan “qarsak chalib”, tomosha qilib turish adolatdan emas. XXI asrda ham, yadro qurolidan foydalanish mumkinligiga ishonishning o‘zi telbalikdir. Bu haqda “Politico” nashri yozmoqda.

Vladimir Putin borgan sari “boshi berk ko‘cha”ga kirib bormoqda va yakkalanib qoldi. U Ukrainada harbiy ustunlikka erishish uchun jang maydonida yadro qurolidan foydalanish bilan tahdid qilishda davom etmoqda. Ayrim razvedka tahlilchilari hozir Ukrainada taktik yadro qurolidan foydalanish ehtimoli urush boshlanishidagi 1-5 foizdan bugungi kunda 20-25 foizga oshganini ta’kidlamoqda.

Hozirgi vaziyatda eng katta muammo shundaki, qasos hech qanday chegara bilmaydi. Har qanday hujum qat’iy javobni talab qiladi. Va har qanday qat’iy javob kuchayish xavfini tug‘diradi. Aynan shuning uchun har qanday yadro qurolidan foydalanishni tasavvur qilib bo‘lmaydi, chunki Putin o‘zi va uning rejimi uchun oqibatlarini to‘liq tushunmasdan turib, tahdidlarini davom ettirishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Putin tinimsiz “bu tahdid emas”ligini aytmoqda va bu barcha uchun “qizil chiroq” bo‘lishi kerak.

“Qo‘shma Shtatlar va NATOdagi ittifoqchilarimiz Putinning yadro qurolidan foydalanishi “halokatli” oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirishi zarur bo‘lsa-da, biz Putinga yuzma-yuz suhbatda shafqatsiz tarzda ochiq aytishimiz kerak: agar u Ukrainada yadro qurolidan foydalanishga qaror qilsa, AQSH Ukrainada urush olib borayotgan rus qo‘shinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy kuch bilan javob beradi va  u yerda Putinning mag‘lubiyatini ta’minlaydi”, deydi sobiq Mudofaa vaziri Leon Panetta .

Uning fikriga ko‘ra, Putin Ukrainaga yadro quroli bilan tahdid qila olmasligini ta’minlash uchun AQSH harbiy aktivlaridan, jumladan, jangovar samolyotlar va qanotli raketa zarbalaridan foydalanishga tayyor bo‘lishi kerak. Ma’muriyat qanday kuchlarni joylashtirishi haqida ma’lumotlarni oshkor qilmasa-da, u davlat arsenalida mavjud bo‘lgan barcha an’anaviy imkoniyatlarni o‘z ichiga olishi mumkinligini bildirishi kerak, bu Putin uning armiyasini vayron qilishini biladi. Hindiston-Tinch okeani mintaqasida Prezident Jo Bayden AQSH kuchlari Tayvanni Xitoy hujumidan himoya qilish uchun ishlatilishini aniq aytdi. Agar Putin yadro qurolidan foydalanishga qaror qilsa, xuddi shu va’da Ukrainaga ham tegishli bo‘lishi kerak. 

Putin hozir ikki jabhada – Ukrainada va Rossiyaning o‘zida urush olib bormoqda. Yaxshi rejalashtirilgan Ukraina hujumida Rossiya kuchlari chekinmoqda, qamalda qolgan Putin esa Rossiyada norozilik kuchayib borayotgan bir paytda yangi askarlarni safarbar qilishda qiyinchilikka duch kelmoqda. Ukrainaning Rossiya nazorati ostidagi hududlaridagi “soxta saylovlar” bo‘layotgani voqealarning haqiqatini o‘zgartira olmaydi.

Ukrainaning jang maydonini nazorat qilish qobiliyati ham yetarlicha moddiy va ishchi kuchiga ega. Texnika borasida ham u endi tobora ortib borayotgan ustunlikka ega. Amerika va NATOdagi ittifoqchilar jang shartlarini o‘zgartirish uchun yetarli masofa va aniqlikka ega artilleriya va raketalarni yubordi. Ukraina endi dushmanning o‘q-dorilar omborlari, qo‘mondonlik markazlari va front chizig‘idan ancha orqada joylashgan logistika tugunlarini ko‘rish va ishonchli zarba berish imkoniyatiga ega. Rossiyaning taxminiy havo ustunligi mobil havo mudofaasi bilan bostirildi.

Musulmon Ziyo


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

153

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing