Putinning matbuot kotibi mitinglarga munosabat bildirdi

Olam

image

Rossiyadagi vaziyatni chayqatish imkonsiz, chunki Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning tarafdorlari noqonuniy norozilik namoyishlari ishtirokchilaridan ko‘ra ko‘proq. Bu fikrni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov “Rossiya-1” telekanalidagi “Moskva. Kreml. Putin” dasturi uchun bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Hozir odamlar noqonuniy namoyishlarda ko‘pchilik qatnashdi, deb aytmoqda. Yo‘q, kam odamlar chiqdi, ko‘p odamlar Putin uchun ovoz beradi. Agar siz raqamlarni taqqoslasangiz, qancha odam norozilik namoyishlarida qatnashganini tushunasiz”, deydi Prezident matbuot kotibi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 yanvar kuni Rossiya federatsiyasining bir qancha hududlarida muxolifat Aleksey Navalniyning tarafdorlari norozilik namoyishlari boshlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

638

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing