“Putinni to‘xtating!” Dunyoning o‘ndan ortiq davlatlarida namoyishlar o‘tkazilmoqda (fotoreportaj)

Olam

image_2022-02-25_17-48-36

Rossiya Ukrainaga bosqini fonida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Ukrainadagi urushga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, Rossiya, Avstriya, Shvetsiya, Polsha, Germaniya, AQSH, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Kipr, AQSH va hatto Yaponiyada ham. 

Masalan, yuzlab polyaklar Rossiya bosqiniga qarshi norozilik bildirish uchun maydonga yig‘ilishgan. Ular Ukraina, Polsha va Yevropa bayroqlarini, shuningdek Kiyevni qo‘llab-quvvatlovchi plakatlarni ko‘tarib olgan.

Bundan tashqari, Rossiyada ham urushga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tgan. Moskva va Sankt-Peterburgda bir necha ming kishi: "Biz shu yerdamiz!", "Urushga yo‘q!", deb baqirgan. 

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya shaharlarida miting ishtirokchilarining 150 ga yaqini qo‘lga olingan. Ular orasida huquq himoyachisi Marina Litvinovich ham bor. Rossiyalik siyosatshunos Dmitriy Oreshkinning so‘zlariga ko‘ra, u uydan chiqayotganda hibsga olingan va hatto, bo‘yalgan plakatini ochishga ham ruxsat berilmagan.

Shuningdek, turli davlat namoyishchilarining qo‘lidagi plakatlarida "Urushni to‘xtating", "Putinni to‘xtating", "Ukrainani himoya qiling", "Putin – jallod!" kabi yozuvlar bor.






















Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

303

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing