Gulistonda nima bo‘lyapti? Haydovchilar nega yo‘lni to‘sib oldi?

Jamiyat

QALAMPIR.UZ’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga videmurojaat kelib tushdi. Unda M-34 yo‘lining Toshkent-Guliston yo‘nalishini haydovchilar norozilik ko‘rsatib berkitib olgani, bunga esa yo‘l yoqasidagi gaz quyish shoxobchasining yetarli xizmat ko‘rsatmagani asos bo‘lgani aytiladi. 

Sirdaryo viloyati IIB YHXB mazkur videoda aks etgan voqealarga aniqlik kiritdi. 

“Bir necha kunlardan beri aholi o‘rtasida tabiiy gaz va elektr tokining taqchilligi bo‘layotganligi sababli e’tirozlar ko‘plab kelib tushmoqda. Shu jumladan gaz taqchilligi avtomobillarga gaz tarqatish shahobchalarida ham kuzatilmoqda. O‘z navbatida gaz qo‘yish shahobchalarida ko‘plab transport vositalari to‘planib qolishi oqibatida avtomashinalar navbat uzunligi bir necha yuz metrlarga yetmoqda. 

Joriy yilning 27 noyabr kuni esa M-34 yo‘l 89 km yo‘l yoqasida joylashgan "Sheraton-servis" MCHJga qarashli Avtomobillarga gaz tarqatish korxonasi oldida bir qancha fuqarolar gaz quyish shahobchasida norozilik bildirib, shu yerda fuqarolar kutish joyidagi  stullarni olib, M-34 yo‘lining Toshkent-Guliston yo‘nalishini vaqtincha to‘sgan, yo‘lda esa avtomashinalar tirband bo‘lib to‘xtab turgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Sirdaryo viloyati YHXB va Sirdaryo tumani IIB  mas’ul xodimlari chiqib o‘rganilganda, ushbu gaz tarqatish shaxobchasi bugun tongda ishga tushirilganligi, xaydovchilar esa kechadan beri navbat kutib turganini, soat taxminan 11:00 larda o‘zlarini O‘zbekiston Respublikasi “O‘zneftgaz" inspeksiyasi, Majburiy ijro Byurosi, "O‘zTransgaz" agentligi xodimlari deb tanishtirgan shaxslar kelib gaz hisoblash moslamasini tekshirish uchun olib ketishganliklarini, navbatda turgan 5-6 nafar haydovchilar esa ushbu holatga o‘z noroziliklarini bildirib M-34 yo‘lining Toshkent-Guliston yo‘nalishini berkitishganligini bildirishgan. 

Shundan so‘ng olib borilgan tushuntirish ishlaridan so‘ng, u yerga yig‘ilgan haydovchilar tarqatilib, zudlik bilan yo‘lda harakat tiklanganligini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

213

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing