Putin Japarovga rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasidagi yig‘ilishda Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga ushbu mamlakatda rus tilini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirdi. 

“Respublikada ta’lim rus tilida olib boriladigan to‘qqizta umumta’lim maktabi bor, qirg‘iz maktablarida Rossiyadan kelgan o‘qituvchilar dars beradi, bu bizning davrimizda juda muhim. Mamlakatda rus tilini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun sizga minnatdorlik bildirmoqchimiz, bu boshqa ko‘plab sohalardagi munosabatlarni rivojlantirish uchun asosdir”, deydi Putin.

U ikki davlat o‘rtasidagi hududlararo hamkorlikda Rossiya Federatsiyasining 70 ta viloyati ishtirok etayotganini eslatgan. Bundan tashqari, Putin Bishkekda Rossiya madaniyati kunlarini o‘tkazish va boshqa qo‘shma tadbirlarga e’tibor qaratgan.

“Bularning barchasi munosabatlarimizning kelajakda ijobiy rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish uchun juda yaxshi zamindir”, deydi u.

Umuman olganda, Putin Japarovni ko‘rganidan juda xursand ekanini va o‘zaro manfaatli mavzularda suhbatlashishni istashini ta’kidlagan.

"Bizda bunday o‘zaro manfaatlar ko‘p. Biz yaqin davlatlarmiz, biz strategik sheriklarmiz, ittifoqchilarmiz, ko‘plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda birga ishlaymiz", deya xulosa qilgan Rossiya Prezidenti.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

83

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing