Putin Zelenskiy bilan Qrim mavzusini muhokama qilmaydi – Peskov

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy ehtimoliy uchrashuvda Qrim mavzusini muhokama qilmaydi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Putin Zelenskiy bilan faqat ikki tomonlama aloqalar haqida gaplashadi, Qrim mavzusida muhokama qilinadigan narsaning esa o‘zi yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, 21 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni harbiy harakatlar ketayotgan Donbassda uchrashishga taklif qilgandi.

Undan so‘ng Vladimir Putin har qanday qulay vaqtda Zelenskiy bilan ikki tomonlama munosabatlarni Moskvada muhokama qilishga tayyorligini e’lon qilgandi.

Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi oylarda Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabat sovuqlashib bormoqda. Bunga bir tomondan Ukrainaning NATO harbiy blokiga qo‘shilish yo‘lidagi harakatlari, ikkinchi tomondan esa Rossiyaning bevosita Ukraina bilan chegarasiga 100 mingdan oshiq qo‘shin to‘plagani sabab bo‘lmoqda. 

Bundan tashqari, Rossiya qo‘llab-quvvatlayotgan Donetsk va Lugansk bilan Ukraina o‘rtasidagi harbiy harakatlarning jadallashib qolgani ham Moskva-Kiyev munosabatlariga salbiy ta’sir qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing