Putin yadroviy kuchlarni shay holatga keltirishni buyurdi (video)

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya tiyib turuvchi kuchlarini maxsus shay holatga keltirishni buyurdi. U Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan uchrashuvda shunday ko‘rsatma berdi.

“NATOga a’zoi yetakchi davlatlarning yuqori mansabdor shaxslari mamlakatimizga qarshi tajovuzkor bayonotlarga yo‘l qo‘ymoqda. Shuning uchun men mudofaa vaziri va Bosh shtab boshlig‘iga Rossiya armiyasining tiyib turuvchi kuchlarini maxsus jangovar navbatchilik rejimiga o‘tkazishni buyuraman”, degan Putin uchrashuv davomida.

RF Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra. Rossiyaning Strategik tiyib turuvchi kuchlari tarkibiga strategik hujumkor kuchlar (SHK) va strategik mudofaa kuchlari (SMK) kiradi. SHK asosini qit’alararo raketa va aviatsiya tizimlari bilan jihozlangan, yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar strategik raketa kuchlarini o‘z ichiga olgan strategik yadro kuchlari tashkil qiladi. SHKga shuningdek, ikki maqsadli kuchlar sifatida strategik yadroviy bo‘lmagan kuchlar – Uzoq masofali Harbiy-havo kuchlarining strategik va bombardimonchi samolyotlarining tarkibiy qismlari hamda suv osti kemalari, suv usti kemalari va dengiz flotining an’anaviy yuqori aniqlikdagi uzoq masofali qurollar bilan jihozlangan raketa tashuvchi samolyotlarini o‘z ichiga oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1713

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made