Putin va Zelenskiy Pekinda uchrashishi mumkinmi? Peskov javob berdi
Olam
−
29 yanvar 2022
11495Joriy yilning 4 fevralida bo‘lib o‘tadigan Pekin 2022 qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida Rossiya rahbari hech kim bilan ikki tomonlama rasmiy uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilmagan.
Bu haqda, Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskov, jurnalistlarning marosim mobaynida Putin boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashishi haqidagi savollariga javoban ma’lum qilgan.
“Biz marosim tashkilotchilari sportchilar uchun ham, mehmonlar uchun ham, jumladan, rasmiylar uchun ham bir qator qat’iy cheklovlar qo‘llashga majbur bo‘layotgani haqida bir necha bor ta’kidlaganmiz. Shunday ekan Pekinga qilinadigan tashrif mobaynida Prezident Putinning hech qaysi davlat rahbari bilan ikki tomonlama rasmiy uchrashuv o‘tkazishi belgilanmagan”, deya bildirgan Peskov.
Kreml rasmiysi jurnalistlarning Rossiya rahbarining ochilish marosimida qatnashishi kutilayotgan Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan bo‘ladigan har qanday uchrashuvi borasidagi savoliga ham javob bergan.
“Hozircha bunday uchrashuvlar reja qilinmagan, ammo, biz buni butunlay inkor ham eta olmaymiz” deya qo‘shimcha qilgan Peskov o‘z javobida.
Kreml Matbuot kotibiga ko‘ra, Rossiya rahbarining Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin bilan to‘liq formatda o‘tkaziladigan muzokaralardan boshqa hech qanday ikki tomonlama uchrashuvi belgilanmagan.
Behruz Saidov
LiveBarchasi