Putin va Si Szinpin Xitoy-Rossiya atom inshooti qurilishiga “start” beradi

Olam

image

Ertaga, 19 may kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Xitoy atom energetikasi inshootini qurishni boshlashga bag‘ishlangan onlayn marosimda ishtirok etadi. Bu haqda bugun, 18 may kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Xua Chunin ma’lum qildi.

“Rais Si Szinpin va Prezident Vladimir Putin 19 may kuni yadroviy hamkorlik dasturi bo‘yicha Xitoy-Rossiya ob’ekti qurilishini boshlash marosimida onlayn tarzda ishtirok etadi”, deyiladi xabarda.

Qurilish tafsilotlari va ob’ekt nomi haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 7 mart kuni Pekinda “Rosatom” va Xitoy milliy atom korporatsiyasi vakillari Tyanvan AESning yettinchi va sakkizinchi bloklarini qurish bo‘yicha bosh shartnomani imzolagan edi. Joriy yilning mart oyida “Rosatom” rahbari Aleksey Lixachev “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida Tyanvan AES yettinchi blokidagi birinchi betonni quyish may oyiga rejalashtirilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

180

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing